Havaskor xazina qidiruvchi Robin Gud haqidagi afsona bilan mashhur Shervud o‘rmonida metallodetektor yordamida qidiruv boshlaganidan 20 daqiqa o‘tib artefaktni topib oldi. Uzukning qiymati 87 ming dollarni tashkil etishi mumkin, deb yozadi TJournal.
Uzukni yuk ortuvchi mashinalarni bo‘yash bilan kun ko‘ruvchi 34 yoshli Mark Tompson topib oldi. Tompsonning so‘zlab berishicha, u xazina qidirishni 1,5 yil avval boshlagan. Nottingemshirdagi Shervud o‘rmonida metallodetektor jaranglay boshlaganda, Mark kimdir tushirib qoldirgan pul yoki chiqindi topganligini gumon qildi. Biroq yerni kavlay turib, tez orada yoqutga o‘xshash yirik toshli uzukni topib oldi.
Tompson topilmadan juda ruhlanganligi va unga o‘xshash narsa topib olishi sira xayoliga kelmaganligini ma’lum qildi.
Ekspertlarning ma’lum qilishicha, uzuk 13-asrda yasalgan bo‘lishi mumkin.
Hozirda uzukning Britaniya muzeyida ekspertizadan o‘tkazilishi kutilmoqda, shundan keyin u xazina deb topilishi mumkin. Shunda Tompsonga uni muzeyga sotish taklif etiladi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)