Ogayo universitetining talabalari Karter Xerd va Devid Frenk so‘zlovchi qahva mashinasini yaratdi, deb yozadi Meduza.
Xerd v Frenk Amazon’ning Alexa ovoz yordamchisini Raspberry Pi mini-kompyuteri va mikrofon bilan birlashtirdi. Qahva mashinasiga ikkita qo‘l o‘rnatildi: biri robot ichiga qog‘oz filtr, ikkinchisi esa qahva joylashtiradi.
Ammo qahva olish uchun tugmani bosishga to‘g‘ri keladi. Qahva mashinasi ob-havo haqida so‘zlab bera oladi.
Kelajakda talabalar qurilmani qo‘shimcha harakatlarsiz qahva tayyorlashga o‘rgatishni rejalashtirmoqda.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)