Gollivud aktyori Liam Nison Stiven Kolbertning Late Show kechgi shou dasturi doirasida savdo majmualaridan birida o‘zini Santa Klaus rolida sinab ko‘rdi, deb xabar bermoqda TJournal.
Triller va jangari janrdagi rollari bilan tanilgan irlandiyalik aktyor Yangi yilning eng mashhur qahramoni obraziga kirishdan tashqari, o‘z rollarini parodiya ham qildi.
Xususan, Nisonning bug‘ulardan biriga qaratilgan “Uni qidirib topaman va o‘ldiraman” jumlasi 2009-yilgi “Asira” filmidagi obraziga asoslanib aytilgan. Uning yakuniy – “Krendel (kulcha)ni chiqaringlar” jumlasi 2010-yili chiqarilgan “Titanlar urushi” filmidagi original “Krakenni chiqaringlar” jumlasiga parodiya bo‘ldi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)