Los-Anjeles bo‘ylab sayr chog‘ida shuba kiyib olgan xonanda Jastin Biber “Yulduzlar jangi” kinoepopeyasidagi Chubakkaga o‘xshatildi. Bu haqda Hollywood Life ma’lum qildi.
22 yoshli kanadalik qo‘shiqchi mahalliy Hyde tungi klubiga otlangan paytda ko‘chada harorat 16 daraja iliq bo‘lgani bildirilmoqda.
Nashrning ta’kidlashicha, Los-Anjelesda dekabr oyida ob-havo sovib ketdi, biroq hali bunday kiyim kiyishning mavridi emas. Hollywood Life saytida foydlanuvchilar Chubakka va Biberni taqqoslab ko‘rishi mumkin bo‘lgan ovoz berish boshlandi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)