A seriya. Dris Mertens “Napoli” uchun poker qayd etdi, “Palermo” dahshatli kambekni amalga oshirdi
Futbol bo‘yicha Italiya A seriyasida 17-turning markaziy o‘yini Turinda o‘tib, “Yuventus” Rimning “Roma” klubini Gonsalo Iguainning yagona goli evaziga mag‘lub etgandi.
Turning qolgan uchrashuvlari 18-dekabr — yakshanba kuni bo‘lib o‘tdi.
Belgiyalik futbolchi Dris Mertens “Torino”ga qarshi gollarga boy o‘yinda poker qayd etib, jamoasining 5:3 hisobidagi g‘alabasini ta’minladi. Qayd etish kerak, Yevropa Chempionlar Ligasining 1/8 finalida “Napoli” Madridning “Real” klubi bilan to‘qnash keladi.
17-turda “Inter”, “Palermo” kabi klublar safarda zafar quchdi. “Palermo” 2 ta gol farqi bilan ortda bora turib, yakunda g‘alabani ilib keta oldi.
Yakshanba oqshomining markaziy o‘yinida, shuningdek, Rimning “Latsio” klubi “Fiorentina”ni taslim qildi.
Italiya A seriyasi 17-tur bellashuvlari 18-dekabr, yakshanba
“Sassuolo” — “Inter” 0:1
Gol: Antonio Kandreva, 47 (0:1).Chetlatish: Felipe Melo, 90+2 (I).
Izoh (0)