Yevrokomissiya Danone kompaniyalar guruhi AQShning organik oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi WhiteWave Foods kompaniyasi tomonidan xarid qilinishini ma’qulladi. Ammo Yevrokomissiya bu kelishuv amalga oshishi uchun bir qator shartlar qo‘ydi, deb ma’lum qiladi “TASS”.
Dastavval YeK kelishuv oqibatlaridan tashvishda ekanligini bildirgan edi. Jumladan, kelishuv imzolanganidan so‘ng Belgiyada uch yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun sut aralashmalari ishlab chiqaruvchi bitta kompaniya — Nestle qolishi kerak edi. O‘z navbatida, bu belgiyalik iste’molchilarni muqobil variantlarsiz qoldiradi.
Yuqoridagi muammoni hal qilish uchun Danone Belgiyada bolalar uchun aralashmalar ishlab chiqarishning katta ulushidan voz kechishi kerak bo‘ldi. Shundan so‘ng Yevrokomissiya shartnomada raqobatni qo‘llab-quvvatlash qonunlariga zid keluvchi holatlar qolmadi, degan xulosaga keldi.
Izoh (0)