Ekvador hukumati Panantza-San Carlos mis konida boshlangan noroziliklar tufayli mamlakatda favqulodda holat joriy etdi. Bu haqda, AP’ga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
U yerda mahalliy hindu qabilalari bilan to‘qnashuvda politsiyachi halok bo‘ldi, bir necha nafar huquq-tartibot organlari xodimlari esa yaralandi. Hukumat voqea joyiga ichki qo‘shinlarni yo‘lladi.
Morona-Santyago provinsiyasidagi Panantza-San Carlos mis konida xitoylik investorlar ExplorCobres kompaniyasi orqali geologik razvedka ishlarini olib bormoqda. Bu mahalliy aholining keskin noroziligiga sabab bo‘lmoqda.
Izoh (0)