Burkina-Faso shimolida jangarilarning armiya postiga uyushtirgan hujumi oqibatida 12 harbiy xizmatchi halok bo‘ldi. Bu haqda, AP’ga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Noma’lum shaxslar Burkina-Faso armiyasining terrorga qarshi kurash bo‘linmasi bazasiga hujum qildi. Voqea 16-dekabr kuni Nassungu shahrida ro‘y berdi.
Hujum uyushtirganlar ayrim binolar va transport vositalariga o‘t qo‘ydi.
Izoh (0)