Yaponiyada tashrif bilan bo‘lib turgan Rossiya prezidenti Vladimir Putin hamda ushbu mamlakat bosh vaziri Sindzo Abening yopiq eshiklar ortidagi muzokaralaridan tomonlar bir-biriga sovg‘alar taqdim etdi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
Rossiya prezidenti Yaponiya rahbariga 1870-yilda Rossiyaning Tula shahrida ishlab chiqarilgan, mis va yog‘ochdan ishlangan samovar sovg‘a qildi. Shuningdek, u Abega moskvalik zamonaviy rassom Igor Razjivinning “Kolomenskda rus uchligi (uch ot qo‘shilgan aravasi)” nomli asarini tortiq qildi.
O‘z navbatida, Yaponiya bosh vaziri Rossiya yetakchisiga “Putyatinning tashrifi” suratining reproduksiyasini sovg‘a qildi. Unda 1855-yilda yapon shahriga rossiyalik admiral Yevfimiy Putyatin kelishi tasvirlangan.
Muzokaralardan so‘ng tomonlar o‘rtasida do‘stlik kelishuvi imzolandi, Rossiya va Yaponiya diplomatik aloqalar o‘rnatdi.
Eslatib o‘tamiz, bir muddat ilgari Yaponiyada istiqomat qiluvchi rossiyalik ayol Putinga maxsus kimono sovg‘a qilmoqchi ekanligi ma’lum bo‘lgan edi.