“Sibirning billur toji–2016” tanlovi tashkilotchilari ishtirokchilardan biri — Irina Vidan sovg‘alar va tojni qaytarishni talab qildi. Bunga qiz ijtimoiy tarmoqlarda sovg‘alarni tanqid ostiga olgani sabab bo‘ldi, deb xabar beradi TJournal.
Tanlov 27-noyabr kuni Omsk shahrida bo‘lib o‘tdi. Irina Vi unda birinchi vitse-missis unvonini qo‘lga kiritdi. Tanlov finalidan so‘ng qiz ijtimoiy tarmoqlaridagi obunachilariga sovg‘alar uning ishonchini oqlamaganini hikoya qilib berdi. Vi xonim shunga o‘xshash boshqa tanlovda unikiga teng o‘rinni qo‘lga kiritgan qizga iPhone 5s sovg‘a qilinganini yodga oldi.
“Sovg‘a o‘tgan oy uchun beshta jurnaldan iborat, ulardan birida L’Occitan do‘koni uchun ming rubllik ikkita karta. Yaxshi do‘kon, afsuski, bu kartalar 15-noyabrga qadar amalda bo‘lgan ekan, tanlov esa 27-noyabr kuni bo‘lib o‘tib. Ikki bo‘sh karton quti (jurnallar uchun bo‘lsa kerak), kinoga ikkita chipta, “Liberov markazi”ga ikkita chipta, ularning tashrif qog‘ozi va muzlatkich uchun “Telesem” magniti. Shunisiga ham rahmat”, — deb yozdi qiz.
Posting chop etilganidan bir necha soat o‘tib Irinaga tanlov tashkiliy qo‘mitasidan qo‘ng‘iroq bo‘lib, toj va sovg‘alarni qaytarish so‘raldi. Tashkilotchilarning tushuntirishicha, bunday bayonotlar qoidalarga zid keladi.
Irina Vi, shuningdek, tashkilotchilar Sheregesh tog‘-chang‘i kurortiga yo‘llanma hamda qimmatbaho go‘zallik saloniga tashrifni ham bekor qilganini aytdi. Bu sovg‘alarni u ijtimoiy tarmoqlardagi xabarida sanab o‘tmagan edi.
Tashkilotchi Olesya Dorogovayaning so‘zlariga qaraganda, sovg‘alar orasida 20 ming rubllik sovg‘a sertifikatlari, mo‘ynadan tikilgan buyumlar, zargarlik buyumlari ham bo‘lgan.
Irina Vining yo‘llanmasi va ayrim boshqa sovg‘alari undan keyingi o‘rin sohibasiga topshirildi.
Izoh (0)