Gambiya prezidenti Yayya Jamme o‘z mansabini 19-yanvarga qadar tark etishi lozim, aks holda unga qarshi sanksiyalar joriy etiladi. Bu haqda, Reuters’ga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
“Bu Yayya Jamme uchun nihoya, u hech qanday vaziyatda o‘z vakolatlarini davom ettira olmaydi”, — dedi BMTning G‘arbiy Afrika bo‘yicha vakili Muhammad ibn Chambas.
Shuningdek, tashkilot bosh kotibi Pan Gi Mun harbiylar tomonidan mustaqil saylov komissiyasi shtabining egallanishini tanqid ostiga oldi.
Eslatib o‘tamiz, Gambiyada prezident saylovi bilan bog‘liq siyosiy inqiroz davom etmoqda. Gambiyani 1994-yildan beri boshqarib kelayotgan Yayya Jamme 1-dekabrda bo‘lib o‘tgan prezident saylovida 36,7 foiz, uning muxolifatchi raqibi Adam Barrou esa 45,5 foiz ovoz oldi. 3-dekabrda Jamme mag‘lubiyatini tan oldi, biroq bir haftadan so‘ng saylov komissiyasidagi “yo‘l qo‘yib bo‘lmas kamchiliklar”ni ro‘kach qilib, yangi saylovlar o‘tkazishga chaqirdi.
Izoh (0)