Zimbabve prezidenti, 92 yoshdagi Robert Mugabe 2018-yili bo‘lib o‘tadigan navbatdagi saylovda yana bir bor ushbu lavozimga o‘z nomzodini ko‘rsatmoqchi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Mamlakatda hukmron Zimbabve Afrika xalqi ittifoqi kotibi Ignatius Chomboning so‘zlariga qaraganda, partiya ushbu saylovda Mugabe nomzodini qo‘llab-quvvatlaydi. Uning fikricha, Mugabe mamlakat boshqaruviga “donolik va birdamlik” olib keladi.
Mugabe 1987-yildan beri Zimbabve prezidenti lavozimini egallab keladi. Ilgari u ushbu lavozimda umrining oxirigacha qolish niyatini bildirgan edi.
Izoh (0)