Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Biz BB va CC kremlariga odatlanishga ulgurmasdan, ishlab chiqaruvchilar allaqachon DD va EE kremlarini ham ixtiro qilishdi. Bu belgilar nimani anglatishi, kremlardan kimlar va qanday foydalanish kerakligi to‘g‘risida ma’lumot bermoqchimiz.

Foto: “Woman.ru”

Foto: “Woman.ru”

BB kremlar

BB shartli belgisi — beauty balm (“byuti-balzam”) yoki go‘zallik malhami ma’nosini bildiradi.

BB krem xususiyatlari:

- juda yaxshi namlantiruvchi,- barcha turdagi terilar uchun mos keluvchi,- yallig‘lanishni qurituvchi,- yuzni tekislovchi,- terini quyosh nuridan himoyalovchi.

Lekin, shuncha afzalliklariga qaramasdan, BB kremi parvarishlovchi vosita o‘rnini bosa olmaydi va shu sababli, bu kremni ma’qul ko‘rsangiz ham, yuzni parvarish qiluvchi kosmetik vositalaridan butunlay voz kechmaslikni tavsiya qilamiz.

CC kremlar

Bu krem nomi color control (“rang nazorati”) ma’nosini bildiradi. U asosan rang tuzatish vazifasini bajaradi. Boshqa xususiyatlari:

- teri qizarishi oldini oluvchi,- yengil tuzilgan,- teriga musaffo ko‘rinish beruvchi.

CC kremlari yog‘li va muammoli terilarga mos kelmaydi.

DD kremlar

DD belgilari — daily defence (“kundalik himoya”) ma’nosini bildiradi. Bu kosmetik vositaning asosiy vazifasi — terini atrof-muhitning yemiruvchi ta’siridan himoya qilish. DD kremlari ayniqsa, qariyotgan terilar uchun mos keladi. Uning tarkibi shaffof tuzilishga ega bo‘lgani uchun, tonal kremi o‘rnini bosa olmaydi.

EE kremlar

EE belgilari — extra exfoliation (“o‘ta tozalovchi”) ma’nosini bildiradi.

EE-krem xususiyatlari:

- teridagi o‘lik hujayralarni ketkazuvchi,- quyosh ta’siridan himoyalovchi,- namlantiruvchi,- yallig‘lanishning oldini oluvchi.

Bu kremlardan tez-tez foydalanish ma’qul emas, shuningdek, nozik va ta’sirchan teri sohiblariga ham qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Global inflyatsiya o‘zining eng yuqori darajasiga yetgan — Financial Times
Madaniyat
Musiqiy chartlarni “portlatgan” albom, 4-farzandini kutayotgan oila va 3-marta turmushga chiqqan Britni Spirs: 2022-yilda Gollivud yulduzlari hayotida sodir bo‘lga...
Dunyo
Global elektron tijorat bozori 2022-yilda 5,8 trln dollarga yetishi kutilmoqda