Qahva quyqumidan qanday foydalanish mumkin?
Bu tetiklashtiruvchi va xushbo‘y hidli ichimlik ishqibozlari, qahva quyqumi skrab uchun tabiiy mahsulot ekanligini yaxshi bilishadi, ammo bu uning yagona xususiyati emas.
O‘g‘itlar
Qahva quyqumidan, uning tarkibida o‘simliklarga zarur bo‘lgan – azot, fosfor va kaliy kabi ozuqa moddalari ko‘p bo‘lgani uchun, o‘g‘it sifatida foydalanish mumkin.Hasharotlarga qarshi
Qahva quyqumini yonmaydigan idishga qo‘yib yoqsangiz, qahva tutuni hididan hasharotlar uzoqqa va uzoq vaqtga qochib ketishadi.Sovitgich ichidagi hidlarga qarshi
Bir piyola qahva quyqumi – sovitgich ichidagi har xil noxush hidlarni ketkazadi.Tozalovchi vosita
Qahva quyqumi donalari, allergiya qo‘zg‘atuvchi ximikatlarsiz, oshxonada ishlatiladigan tova va qozonlarni tozalashda yordam beradi.Sochlar uchun
Qahva quyqumidan qilingan niqob sochlarni mustahkamlaydi va yaltiratadi.Qovoqlar uchun
Qahva quyqumi va bir oz zaytun yog‘i aralashmasi ko‘z atrofidagi charchoqlikni yo‘qotishga yordam beradi.Burgaga qarshi
Qahva quyqumini suvga ivitib, sevgan itingiz junlariga sursangiz, burgalar yo‘qoladi.Izoh
Kirish
Asosiy yangiliklar
