Qora nuqtalar – nafaqat yuzlab o‘g‘il va qizlar uchun, balki ba’zi katta yoshlilar uchun ham ko‘ngilsiz hol hisoblanadi. Ko‘pchilik qora nuqtalarni yo‘qotish uchun maxsus preparatlar va kosmetolog xizmatiga katta mablag‘ sarflaydi. Lekin buning arzon va oson yo‘li – faollashgan ko‘mirdan tayyorlangan niqob.
Ko‘mir – ajoyib absorbent. U nafaqat teridagi kir va yog‘larni, balki teri yuzasini zaharli moddalardan ham tozalaydi.
Niqobni surishdan oldin, yuzni sovunlab yuvish va dorivor o‘simlik solib qaynatilgan suv bug‘i yordamida yuz terisi teshikchalarini yaxshilab ochish zarur.
“Qora niqob”ni esa quyidagicha tayyorlaymiz:
- Bir osh qoshiq jelatin va bir osh qoshiq sutni aralashtiramiz va bir necha daqiqa damlab qo‘yamiz.
- Bir tabletka ko‘mirni mayda kukun qilib ezamiz va uning ustiga sepamiz.
- Aralashmani bug‘da yoki mikroto‘lqinli pechda isitamiz.
- Sovitamiz va yuzga qatlam-qatlam qilib suramiz.
- Yaxshilab qurigach, hosil bo‘lgan qobiqni ehtiyotlab olib tashlaymiz.
Izoh (0)