Hindistonning Chennai shahrida kamida o‘n kishi “Varda” dovuli qurboni bo‘ldi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
“Hozir o‘n kishi halok bo‘lgani ma’lum, kun davomida qishloq joylaridan ma’lumot olamiz, lekin eng xavfli bosqich o‘tib bo‘ldi”, — ma’lum qildi jurnalistlarga favqulodda vaziyatlar boshqaruvi milliy departamenti matbuot kotibi Abxishek Shandiyal.
Shaharda ko‘plab binolar vayron bo‘lgani, bir qancha tumanlar elektr quvvatisiz qolgani aytilmoqda. 18 ming kishi evakuatsiya qilindi.
Ilgari dovul tufayli 15 ming kishi evakuatsiya qilingani bildirilgan edi.
Izoh (0)