4-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan saylovda Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylangani munosabati bilan xorijiy davlatlar va hukumatlar, xalqaro tashkilotlar rahbarlari, xorijiy mamlakatlarning taniqli jamoat arboblaridan samimiy tilaklar bildirilgan qutlovlar kelmoqda. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
O‘zbekiston Respublikasining saylangan Prezidenti
Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga
Janobi Oliylari!
Sizni 4-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylanganingiz bilan chin dildan samimiy tabriklayman. Buyuk Britaniya hukumati va shaxsan men mamlakatlarimiz o‘rtasidagi yaqin hamkorlikni davom ettirish va munosabatlarni yanada yaxshilashni sabrsizlik bilan kutib qolamiz. Sizga va O‘zbekiston xalqiga o‘zimning eng yaxshi istaklarimni yo‘llayman.
Yelizaveta II,
Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya
Birlashgan Qirolligi Qirolichasi
O‘zbekiston Respublikasining saylangan Prezidenti
Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga
Muhtaram Prezident janoblari!
Sizni 2016-yil 4-dekabrda O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti etib saylanganingiz bilan samimiy tabriklayman.
Buyuk Britaniya hukumati so‘nggi oylarda Siz boshlab bergan islohotlarga asoslangan holda, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlar yanada mustahkamlanishiga ishonadi. Siz bilan hamkorlikda Afg‘oniston va Markaziy Osiyo mintaqasida xavfsizlik hamda barqarorlikni mustahkamlash borasidagi sa’y-harakatlarimizni davom ettirishga tayyormiz.
Sizga va O‘zbekiston xalqiga eng yaxshi tilaklarimni yo‘llayman.
Hurmat bilan,
Tereza Mey,
Buyuk Britaniya Bosh vaziri
O‘zbekiston Respublikasining saylangan Prezidenti
Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga
Janobi Oliylari!
Shveysariya Federal Kengashi nomidan Sizni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylanganingiz bilan chin dildan tabriklayman. Sizga davlat rahbari sifatidagi mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar, mamlakatingizga farovonlik va iqtisodiy taraqqiyot tilayman.
Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar kelajakda yanada mustahkamlanishiga ishonaman.
Janobi Oliylari, Sizga bo‘lgan yuksak hurmatimni qabul qilgaysiz.
Yoxann Shnayder-Ammann,
Shveysariya Konfederatsiyasi Prezidenti
O‘zbekiston Respublikasining saylangan Prezidenti
Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga
Janobi Oliylari!
Sizni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylanganingiz bilan samimiy tabriklayman.
Slovakiya Respublikasi O‘zbekiston Respublikasi bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik va do‘stlik munosabatlarini yanada mustahkamlashdan manfaatdor.
O‘zbekiston Sizning rahbarligingizda o‘zining tinch, demokratik va farovon kelajagi yo‘lida islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirishni davom ettirishiga ishonaman.
Ehtirom bilan,
Andrey Kiska,
Slovakiya Respublikasi Prezidenti
O‘zbekiston Respublikasining saylangan Prezidenti
Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga
Janobi Oliylari!
Sizni yaqinda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ishonchli g‘alaba qozonganingiz bilan chin dildan tabriklayman.
Mo‘g‘uliston va O‘zbekiston o‘rtasida xalqlarimiz manfaati uchun do‘stlik munosabatlarini kengaytirish va mustahkamlash maqsadida Siz, Janobi Oliylari bilan hamkorlik qilish menga g‘oyat mamnuniyat bag‘ishlaydi.
Janobi Oliylari, Sizga mustahkam sihat-salomatlik, omad, O‘zbekiston xalqiga farovonlik tilayman.
Yuksak ehtirom bilan,
Saxiagiyn Elbegdorj,
Mo‘g‘uliston Prezidenti
O‘zbekiston Respublikasining saylangan Prezidenti
muhtaram Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga!
Siz, Janobi Oliylarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylanganingiz va O‘zbekiston xalqi Sizga yuksak ishonch bildirgani bilan samimiy muborakbod etaman. Janobi Oliylari, Sizga mustahkam sog‘lik, xotirjamlik, Sizning dono rahbarligingizda xalqingizga yanada farovonlik va taraqqiyot tilayman.
Fursatdan foydalanib, yuqori darajadagi o‘zaro munosabatlarimiz muntazamlik kasb etganini ta’kidlayman va Sizni ishontirib aytamanki, Birlashgan Arab Amirliklari rahbariyati va xalqi bundan buyon ham mamlakatlarimiz hamda xalqlarimiz farovonligi yo‘lida barcha sohalarda hamkorlikni yanada mustahkamlash va rivojlantirishdan manfaatdor.
Allohdan Sizni himoya qilishini so‘raymiz. Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakotuhu.
Muhammad bin Roshid Ol Maktum,
Birlashgan Arab Amirliklari Vitse-prezidenti va
Bosh vaziri, Dubay Amirligi hokimi
O‘zbekiston Respublikasining saylangan Prezidenti
Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga
Muhtaram Prezident Janobi Oliylari!
Sizni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylanganingiz munosabati bilan chin dildan tabriklayman. Amerika Qo‘shma Shtatlari bundan buyon ham mamlakatlarimiz o‘rtasidagi 25 yillik do‘stlikni mustahkamlash, o‘zaro munosabatlarning barcha sohalari bo‘yicha hamkorlik va muloqotni rivojlantirish tarafdori. O‘zbekiston suvereniteti, hududiy yaxlitligi va mustaqilligini qo‘llab-quvvatlashimizni ta’kidlashni istardim.
Sizning O‘zbekistonda siyosiy o‘zgarishlar vaqtida Prezident vazifasini bajaruvchi sifatida amalga oshirgan ishlaringizni qadrlayman. Siz boshlagan keng ko‘lamli islohotlar, ayniqsa, iqtisodiyot sohasi va inson manfaatlarini ta’minlash borasida belgilangan yo‘nalishlarni davom ettirib, ulkan muvaffaqiyatlarga erishishingizga ishonaman.
Amerika xalqi nomidan O‘zbekiston xalqiga samimiy tabriklar yo‘llayman va O‘zbekistonga tinchlik, farovonlik tilayman.
Prezident etib saylanganingiz bilan yana bir bor samimiy tabriklayman va ezgu tilaklarimni yo‘llayman.
Samimiyat bilan,
Jon Kerri,
Amerika Qo‘shma Shtatlari
Davlat kotibi
Shuningdek, quyidagilar o‘z qutlovlarini yo‘llagan:
Yaponiyaning sobiq Bosh vaziri, Tokio–2020 yozgi Olimpiya o‘yinlari tashkiliy qo‘mitasi prezidenti — Yoshiro Mori
ODKB Bosh kotibi — Nikolay Bordyuja
Belgiya senatori — Alan Desteks
Fransiyadan Yevroparlament deputati — Jan-Lyuk Shaffauzer
Rossiya Davlat Dumasi deputati — Artur Taymazov
Rossiya musulmonlari markaziy diniy idorasi raisi, bosh muftiy — Shayxul-islom Talgat Safa Tojiddin
Kavkaz musulmonlari idorasi raisi, MDH Dinlararo kengash hamraisi — Shayxul-islom Ollohshukur Poshshozoda
Yevropa poytaxtlari universitetlari assotsiatsiyasi prezidenti — professor Luchiano Saso
Buxoro yahudiylari jahon kongressi prezidenti — Lev Levayev
Yevropa menejment va texnologiyalar maktabi prezidenti — Yorg Roxoll
Germaniya iqtisodiyoti sharqiy qo‘mitasi boshqaruvi raisi — Volfgang Byuxele
“Knauf” kompaniyasi hammuassisi — Nikolaus Knauf
“Lemken” kompaniyasi ijrochi direktori — Antoni van der Ley
Germaniya–O‘zbekiston ishbilarmonlar kengashi a’zosi, “Klass” kompaniyasi mustaqil konsultanti — Udo Fyolker
Germaniya–O‘zbekiston ishbilarmonlar kengashi ijrochi direktori, “Doyche Kabel Toshkent” qo‘shma korxonasi investori — Falk Porshe
“KDB Bank O‘zbekiston” O‘zbekiston–Koreya banki boshqaruvi raisi — Kim In Ju
Qutlovlar kelishi davom etmoqda.
Izoh (0)