Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Istanbuldagi ikkita portlash natijasida halok bo‘lganlar soni 44 kishiga yetdi, deb yozadi “TASS” Haberturk telekanaliga tayanib.

Foto: AP

Foto: AP

Uning ma’lumotlariga ko‘ra, og‘ir yarador bo‘lganlarning ba’zilari kasalxonada vafot etgan. Avvalroq 39 kishining halok bo‘lgani xabar berilgan edi. Kasalxonalarda 150 dan ortiq kishi yotibdi. Ularning ba’zilari og‘ir ahvolda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Kurdiston ozodligi qirg‘iylari” radikal harakati rasmiy saytida joylashtirgan bayonotida Istanbulda sodir etilgan teraktlar uchun javobgar ekanligini tan olganligi haqida xabar qilingan edi.

O‘zbekiston Respublikasining saylangan Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 10-dekabr kuni Istanbul shahrida yuz bergan va ko‘plab insonlarning halok bo‘lishiga sabab bo‘lgan terrorchilik harakati munosabati bilan Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onga va butun Turkiya xalqiga chuqur ta’ziya bildirdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Madaniyat
“Hammasi qahvaxonadan boshlangan”: Kemeron Dias va Dryu Berrimorning vaqt sinovidan o‘tgan do‘stligi (foto)
Dunyo
Xitoy sobiq rahbari Szyan Szemin 96 yoshida vafot etdi
Dunyo
Yevrokomissiya: Urushda 100 ming ukrainalik askar va 20 ming tinch aholi halok bo‘ldi (video)