O‘zbekistonlik 41 yoshli Oksana Chusovitina Ginnesning rekordlari kitobiga rasman kiritildi. Bu haqda sportchi Instagram’dagi sahifasi orqali ma’lum qildi.
Ginnesning rekordlari kitobi rasmiy saytida xabar berilishicha, Chusovitina ketma-ket 7 ta Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etgan gimnastikachi ayol sifatida Ginnesning rekordlari kitobiga kiritildi.
Oksana Chusovitina Olimpiadalardagi ishtirokini Barselona–1992 dan boshlagan. 41 yoshli sportchi uchun Rio–2016 o‘yinlari yettinchi Olimpiada bo‘ldi. Bunday ko‘rsatkichga dunyo sport gimnastikachilari orasida hali hech kim erisha olmagan.
Ma’lumot uchun, Chusovitina 1992-yili Barselonada o‘tkazilgan Olimpiadada oltin medalni, 2008-yilda Pekinda o‘tkazilgan o‘yinlarda kumush medalni qo‘lga kiritgan edi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.