Har yil so‘ngida an’anaviy ravishda Toshkentdagi Mustaqillik maydoniga o‘rnatib kelingan O‘zbekistonning asosiy Yangi yil archasi 2016-yilda boshqa joyga qo‘yiladi.
Toshkent shahar hokimligidagi manbaning “Daryo”ga ma’lum qilishicha, bu yil mamlakatning bosh archasi “Anhor-Lokomotiv” ko‘ngilochar bog‘i oldidagi maydonga o‘rnatiladi.
Ijtimoiy tarmoqlarda “Anhor-Lokomotiv” parki oldida Yangi yil archasini o‘rnatish uchun joyni hozirlash maqsadida olib borilayotgan qurilish ishlarining suratlari paydo bo‘ldi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.