Madridning “Real” jamoasi bosh murabbiyi Zinedin Zidan o‘z klubini Ispaniya chempionligi uchun favorit deb hisoblamayapti. Fransiyalik mutaxassis uning shogirdlari maqsadiga erishishi uchun ko‘p ter to‘kishi kerakligini ham ta’kidladi, deb xabar bermoqda “Chempionat”.
“‘Real’ – Ispaniya chempionligi uchun favorit emas. Biz qilayotgan ishimizdan mamnunmiz, ammo oldinga ko‘plab uchrashuvlar bor. Eng yaqin ta’qibchimizdan 6 ochko oldinda borayotganimiz mamlakat chempionatini yutamiz degani emas”, – deya ta’kidladi Zidan.
Ma’lumot uchun, Ispaniya chempionati 14-turidan so‘ng “Real” 34 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Ikkinchi o‘rinda borayotgan “Barselona” hisobida 28 ochko mavjud.Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)