Ganada jinoyatchilar o‘n yil davomida AQShning noqonuniy elchixonasini boshqargan va mamlakat fuqarolariga vizalar bergan. Bu haqda The Washington Post ma’lum qildi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
“Elchixona” Gana poytaxtidagi vayronalardan birida faoliyat yuritgan. Unga tashrif buyurganlar bino ichkarisidagi devorda AQSh prezidenti Barak Obamaning suratiga duch kelgan.Nashrning ta’kidlashicha, elchixonada ishlagan kishilar AQSh fuqarolari bo‘lmagan, biroq ingliz tilida yaxshi so‘zlasha olgan va mijozlarga 6 ming dollar to‘lov evaziga vizalar bergan.
Biroq ular haqida rasmiy ma’lumotlar bo‘lmagan. AQShning mamlakatdagi haqiqiy elchixonasi poytaxtning eng boy tumanlaridan birida joylashgan.
“Tashkilot o‘n yilga yaqin hech qanday to‘sqinliksiz faoliyat yuritgan. Mansabdorlar yuz berayotgan hodisalarga ko‘z yumishi va ularga tegishli hujjatlarni taqdim etishi uchun jinoyatchilar ularga pora berish imkoniyatiga ega bo‘lgan”, — deyiladi Davlat departamenti bayonotida.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)