O‘zbekiston Milliy paralimpiya assotsiatsiyasi 3-dekabr – “Xalqaro nogironlar kuni” munosabati bilan maxsus maktab-internatlarda paralimpiya sportini yanada rivojlantirish maqsadida sport musobaqalarini tashkillashtirishda davom etmoqda. Bu haqda assotsiatsiya matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.
Jumladan, 6-dekabr kuni Toshkent shahridagi ko‘zi ojiz bolalar maxsus maktab-internatida yengil atletika, armrestling va dzyudo bo‘yicha musobaqalar bo‘lib o‘tdi. Mazkur musobaqada 50 nafardan ortiq bolalar ishtirok etdi.
Eslatib o‘tamiz, 1-dekabr kuni “Xalqaro nogironlar kuni” munosabati bilan poytaxdagi 102-maxsus maktab-internatda voleybol, stol tennisi va shaxmat bo‘yicha musobaqalar bo‘lib o‘tgandi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)