O‘zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyev Aleksandr Van der Bellenni Avstriya federal prezidenti etib saylanganligi bilan tabrikladi, deya xabar bermoqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.
“Maktubda ta’kidlanganidek, mamlakatlarimiz siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi sermahsul hamkorlikni izchil rivojlantirish va kengaytirish uchun keng imkoniyatlarga ega”, — deyiladi TIV axborotida.
Shavkat Mirziyoyev o‘z tabrik maktubida Aleksandr Van der Bellenning yuqori lavozimdagi faoliyati mamlakatlar va xalqlar farovonligiga yo‘naltirilgan O‘zbekiston va Avstriya o‘rtasidagi har ikki tomon manfaatlarini hurmat qilish va hisobga olishga asoslangan an’anaviy do‘stona va yaqin munosabatlarni mustahkamlashga xizmat qilishiga ishonch bildirgan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)