Rossiya Premyer-Ligasida to‘p surayotgan o‘zbekistonlik futbolchilar 17-tur doirasida maydonga tushdi.
Vitaliy Denisov va Vadim Afonin bellashuvlarda to‘liq ishtirok etgan bo‘lsa, O‘zbekiston termasi sardori Odil Ahmedov 59-daqiqaga qadar harakat qildi. Bu vaqtgacha uning jamoasi hisobda oldinda borayotgan bo‘lsa, Ahmedov almashtirilganidan keyin “Krasnodar” gol o‘tkazib yubordi.
Vitaliy Denisov jamoasi “Lokomotiv” Moskvada Grozniyning “Terek” klubini qabul qilib, 2:0 hisobida zafar quchdi. 17-turdan keyin 23 ochkosi bor bo‘lgan “temiryo‘lchilar” turnir jadvalida 10-o‘rindan joy olgan.
Odil Ahmedov to‘p suradigan “Krasnodar” Denisov jamoasidan 5 ochko ko‘proq to‘plagani uchun 5-o‘rinda bormoqda. Agar “Krasnodar” o‘z maydonida “Krilya Sovetov” bilan 1:1 hisobida durang o‘ynamay, zafar quchganida, turnir jadvalida 4-o‘ringa ham ko‘tarilib olishi mumkin edi.
Shu kuni Odil Ahmedov “Krasnodar” safida o‘zining yubiley — 100-uchrashuvini o‘tkazgani haqida klubning Twitter’dagi sahifasi ma’lumot berdi.
Shu mavsum Premyer-Ligada paydo bo‘lgan Vadim Afonin va uning “Orenburg” jamoasi “Amkar” maydonida yirik mag‘lubiyatga uchratdi — 0:3. Ligada jon saqlab qolish uchun harakat qilayotgan jamoa 14-o‘rindan joy olgan.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston milliy terma jamoasining Suriyaga qarshi rasmiy o‘yiniga 107 kun vaqt qoldi.
Izoh (0)