3-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan “Barselona” va “Real” klublari o‘rtasidagi bellashuvni tomosha qilish uchun o‘zbekistonlik futbol muxlislari ham Kataloniyaga tashrif buyurdi. Bu haqda “Championat.asia” vakili Nodirxo‘ja Yo‘ldoshev o‘z ocherkida qayd etdi.
Uning yozishicha, “El-Klasiko”ga chipta xarid qilgan 3 nafar o‘zbekistonlik stadionga kiritilmagan. Ularning sotib olgan chiptasi soxta bo‘lib chiqqan.
Yevropada chiptalarni internet orqali sotib olish mumkin. Bunda muxlisga maxsus shtrix kod beriladi. Soxta chiptachilar esa bir kishi kirishi mumkin bo‘lgan kodni bir nechta qog‘ozga chiqarib olib, pullab yuborishi mumkin.
O‘zbekistonlik 5 nafar muxlis kassa narxi 320 yevro bo‘lgan chiptani kelishib, 5 tasini 1000 yevroga sotib olgan. Shularning 3 tasi esa yakunda qalbaki bo‘lib chiqqan.
Tavakkal qilishni istamagan qolgan o‘zbekistonliklar chiptani kassaning o‘zidan 192 yevroga sotib olgan. Vaqtliroq tashrif buyurilganida, 90 yevrolik chiptalarni ham xarid qilish mumkin bo‘lgan.
Izoh (0)