“Daryo”ning 5-dekabr bo‘yicha kechki dayjesti kunning eng muhim voqeasiga bag‘ishlanadi.
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Prezidenti etib saylandi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, u saylovchilarning 88,61 foiz ovozini qo‘lga kiritgan.
O‘zbekiston Prezidenti saylovida ro‘yxatga olingan saylovchilarning 87,73 foizi qatnashdi. Bu 17 million 951 ming 667 nafar saylovchi, degani.
Shavkat Mirziyoyevning saylovdagi raqiblari o‘z mag‘lubiyatlarini tan oldi. Birinchi bo‘lib Hotamjon Ketmonov tabrikladi, Narimon Umarov xalqning tanlovini hurmat qilishini bildirdi, Sarvar Otamuratov esa yangi Prezidentning “yuksak lavozimdagi faoliyatiga muvaffaqiyat tiladi”.
Boshqa davlat rahbarlari Shavkat Mirziyoyevni Prezident saylovidagi g‘alaba bilan tabriklamoqda. Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon, Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev va Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev birinchilardan bo‘lib qutlov yo‘lladi, Vladimir Putin esa Mirziyoyevni Rossiyaga rasmiy tashrif bilan kelishga taklif qildi.
Shavkat Mirziyoyev saylovdagi g‘alabasidan keyin tarafdorlari oldida chiqish qildi. Instagram’da faol san’atkorlar (masalan, Gulsanam Mamazoitova va Yulduz Turdiyeva mazkur tadbirdan fotosuratlar yuklashni boshlab yuborgan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)