Fransiya bosh vaziri Manyuel Vals sotsialistik partiya praymeriz jarayonlarida ikkinchi muxlatga nomzodini ko‘rsatishdan voz kechgan amaldagi prezident Fransua Ollandning o‘rnini egallaydi. Vals keyingi hafta boshida prezident saylovida ishtirok etishi borasida rasmiy bayonot bilan chiqadi, deb xabar beradi “TASS”.
Vals hukumat tarkibidan chiqib, saylovoldi poygasiga qo‘shilishi 5-dekabr kuni uzil-kesil ma’lum bo‘lishi kutilmoqda. Mahalliy matbuotga ko‘ra, 6-dekabr, seshanba kuni Vals parlamentdagi haftalik hukumat soatida ishtirok etmaydi.
Vals 2017-yilgi prezident sayloviga jiddiy tayyorgarlik ko‘rishga asosiy e’tiborini qaratmoqchi.
Izoh (0)