AQSh KXDRga qarshi qo‘shimcha sanksiyalar joriy etdi va “qora ro‘yxat”ga yetti nafar mansabdor shaxs va 16 ta kompaniyani kiritdi. Bu haqda AQSh Moliya vazirligi saytida chop etilgan xabarda ma’lum qilindi, deb yozadi “TASS”.
Sanksiyaga kiritilgan shaxslar va tashkilotlar KXDR hukumati yoki mamlakatning atom dasturi bilan bog‘liqdir. Sanksiya ro‘yxatiga ilmiy muassasalar, savdo korporatsiyalarining rahbarlari, Atom sanoati vazirligi vakili kiritilgan.
Shuningdek, ro‘yxatga bir qator savdo, sanoat va qurilish korporatsiyalari, Air Koryo aviakompaniyasi, Koreya milliy sug‘urta korporatsiyasi, bir nechta banklar, jumladan, Koryo Bank kiritilgan.
Bundan tashqari, KXDRga tegishli 16 ta havo kemasiga nisbatan ham sanksiyalar joriy etildi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)