IShID terrorchilik guruhi Yaqin Sharqda o‘z o‘rnini yo‘qotmoqda, ammo Yevropada ekstemistik guruh o‘z taktikasini o‘zgartirib, aholi uchun jiddiy xavf bo‘lib qolmoqda. Bu haqda Yevropa politsiya agentligi (Yevropol)ning hisobotida ma’lum qilindi, deb xabar bermoqda “TASS”.
“IShID nuqtai nazaridan Fransiya va Belgiyada 2015 va 2016-yillarda bo‘lib o‘tgan teraktlar muvaffaqiyatli va samarali bo‘lgan. Terrorchilik guruhlari hujum qilishga imkoni bor ekani inobatga olinsa, Yevropada yaqin kelajakda yangi hujumlar uyushtirilishi ehtimoli bor”, – deyiladi Yevropol hisobotida.
Yevropol ma’lumotiga ko‘ra, 2015-yilda Yevropada, asosan Fransiyadagi teraktlar oqibatida 150 kishi hayotdan ko‘z yumdi. 2015-yilda teraktlar soni 2014-yilgiga nisbatan 4 tadan 17 tagacha, terrorchilik faoliyati bilan gumonlanganib, qo‘lga olinganlar soni esa 395 tadan 667 tagacha oshdi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)