Amerikaning Tennessi shtati politsiyasi 1-dekabr, payshanba kuni o‘rmonga o‘t qo‘yganligi taxmin qilinayotgan gumonlanuvchini hibsga oldi. Bu haqda 2-dekabr, juma kuni ABC telekompaniyasi ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Tennessida ikki haftadan buyon davom etayotgan o‘rmon yong‘inlari, oxirgi ma’lumotlarga qaraganda, 11 kishini hayotdan olib ketgan.
O‘t qo‘yishda 24 yoshli Dakota Taker ayblanmoqda. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, u 14-noyabr kuni Sekuachi okrugidagi yer uchastkasida gulxan yoqqan. Takerning ehtiyotsizlik tufayli qilgan harakati oqibatida olov qo‘shni uchastkalarga ham tarqalgan. Shundan so‘ng u yaqin-atrofda joylashgan o‘rmonga tutashib ketgan.
O‘t qo‘yishda gumonlanuvchiga olti yilgacha ozodlikdan mahrum etish va 3 ming dollar miqdoridagi jarima jazosi xavf solmoqda.
1-dekabr, payshanba kuni Tennessi shtati gubernatori Bill Xeslem shtat hududida favqulodda holat joriy qildi. Yong‘in oqibatida Sevi okrugiga eng ko‘p zarar yetgan. U yerdagi 700 ga yaqin bino qisman yoki to‘liq vayron bo‘lgan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)