AQShning Texas shtatidagi Dallas shahri sudi Johnson & Johnson hamda uning tarkibiga kiruvchi, endoprotezlar ishlab chiqaruvchi DePuy Orthopaedics kompaniyasini sifatsiz protezlar tufayli sog‘lig‘ini yo‘qotgan olti da’vogarga 1 milliard dollar miqdorida tovon puli to‘lashga hukm qildi. Bu haqda, Reuters’ga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Aytilishicha, Pinnacle tos-son endoprotezi dizaynida aniqlangan nuqson tufayli u foydalanuvchilar sog‘lig‘iga ziyon keltirishi tahdidi mavjud bo‘lgan, ammo kompaniya mijozlarni bundan ogohlantirmagan. Shu tufayli to‘qimalari o‘lgan va suyaklari yemirilgan kaliforniyalik mijozlar sudga shikoyat qildi.
Ikkala kompaniya ham sud hukmini apellyatsiyaga berishini ma’lum qildi.
Texas federal sudiga Johnson & Johnson va DePuy Orthopaedics’ga qarshi endoprotezlar bilan bog‘liq jami 8 mingdan ortiq ariza kelib tushdi.
Izoh (0)