Madridning “Real” klubi va Ispaniya terma jamoasi sobiq ustozi Xose Antonio Kamacho Gabon terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlandi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Xabarda qayd etilishicha, 61 yoshli mutaxassis ikki yil davomida Gabon termasiga ustozlik qiladi. Kamachoning so‘nggi ish joyi Xitoy termasi bo‘lgan. Mutaxassis u yerda 2011–2013-yillar davomida ishlagan.
Ma’lumot uchun, Xose Antonio Kamacho futbolchilik faoliyatini “Real”da (1973–1989-yillar) o‘tkazgan. Madrid klubi safidagi 414 o‘yinida Kamacho 9 ta gol kiritgan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)