Siyosiy qolip ko‘chmasa, iqtisodiy o‘sishga erisha olmaymiz. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining tashqi siyosiy masalalar bo‘yicha qo‘mitasi raisi Sodiq Safoyev ma’lum qildi, deb yozadi “Saylov.uz-2016” press-klubi.
“Xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlovchi qonunlar yaratilmasa, inson huquqlari, tadbirkorlar huquqlari kafolatlanmasa, investorlar uchun qulay iqlim yaratilmasa, ya’ni demokratlashtirishsiz iqtisodiy yuksalish bo‘lmaydi”, — dedi Safoyev.
“Siyosiy modernizatsiya hokimiyatning barqaror taqsimlanishi, hokimiyatning uchta tarmog‘i o‘rtasidagi qarama-qarshilik tizimini yaratishdan boshlanadi. Busiz zamonaviy jamiyat haqida gapirib bo‘lmaydi”, — deya qo‘shib qo‘ydi Senatning tashqi siyosiy masalalar bo‘yicha qo‘mitasi raisi.
Izoh (0)