• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekiston Prezidenti saylovida “Jimlik kuni” qachondan boshlanadi?

    “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq, saylov kuni va ovoz berish boshlanishiga bir kun qolganida saylovoldi tashviqotiga yo‘l qo‘yilmaydi. Joriy yilgi Prezident saylovi 4-dekabr kuni bo‘lib o‘tishini inobatga oladigan bo‘lsak, 3—4-dekabr kunlari saylovoldi tashviqoti taqiqlanadi. Toshkent davlat yuridik universiteti professori, yuridik fanlar doktori I.Tulteyev “Daryo”ga bu va boshqa cheklovlar haqida quyidagilarni ma’lum qildi. 

    Foto: UZ24

    Foto: UZ24

    — O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida saylovchilar xohish-irodasini erkin bildirishiga ta’sir ko‘rsatishga yo‘l qo‘yilmasligiga oid masalalar aniq tartibga solingan. Bunda, ayniqsa, saylovoldi tashviqoti faoliyatini olib borishning usul hamda shakllari cheklanishiga alohida e’tibor qaratilgan. Bu cheklovlar saylovchilarni nohalol tashviqotdan, jumladan, jamoatchilik fikriga noqonuniy ta’sir ko‘rsatishning “qora” texnologiyalar, deb nomlangan va boshqa usullarini qo‘llashdan himoyalashga qaratilgan.

    “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq, ovoz berish kuniga qadar qolgan 5 kun ichida, shuningdek, ovoz berish kuni jamoat fikri so‘rovlari natijalarini, saylov natijalari prognozlarini va o‘tkazilayotgan saylov bilan bog‘liq boshqa tadqiqotlarni nashr etish (e’lon qilish), shuningdek ularni umumiy foydalanishdagi axborot-telekommunikatsiya tarmoqlariga (shu jumladan, Internet tarmog‘iga) joylashtirish taqiqlanadi. Shu bilan birga, kuzatuvchilarga saylovchilardan ular kimni yoqlab ovoz berganliklarini surishtirish yoki saylovchilarga byulletenga belgi qo‘yishda biron-bir tarzda yordam ko‘r­satish man etiladi.

    Amaliyotda ovoz berish jarayoni hali davom etayotgan paytda ham so‘rovning dastlabki natijalari e’lon qilinadi. Shubhasiz, bu jamoatchilik fikriga muayyan ta’sir ko‘rsatmasdan qolmaydi. Shuning uchun ham so‘nggi paytlarda saylov natijalariga noqonuniy ta’sir ko‘rsatishning bunday amaliyotini tanqid qilish tobora kuchayib borayotgani tasodif emas. Ayrim ekspertlarning ma’lum qilishicha, saylovchilarning bir qismi o‘z partiyasi yoki nomzodi haqida salbiy prognozni bilgach, saylovga bormaslikka qaror qiladi, chunki u bunda ma’no ko‘rmaydi. Ovoz berish rasmiy natijalarining “egzit-poll” natijalaridan farq qilishi ayrim hollarda saylov natijalarining bekor qilinishiga va takroriy saylovlar o‘tkazilishiga, jiddiy siyosiy mojarolarga olib keladi.

    O‘zbekistonda saylov kampaniyasi paytida jamoatchilik fikri so‘rovi natijalarini e’lon qilish tartibining chegaralangani saylovchiga o‘z mustaqil fikrini shakllantirish imkonini beradi. Bundan tashqari, ushbu cheklov ovoz berishning yashirinligi tamoyilini ta’minlaydi. Boz ustiga, siyosiy partiyalar kuzatuvchilari ham, xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar kuzatuvchilari ham yetarli darajada keng huquqlarga ega.

    Shuni qayd etish kerakki, O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga muvofiq, jamoatchilik fikri so‘rovlari natijalarini, saylov yoki referendum natijalari taxminlarini, shuningdek saylov yoki referendum bilan bog‘liq boshqa tadqiqotlarni chop etish (e’lon qilish) tartibini buzish mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining 15 barobaridan 20 barobarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

    Muhim ahamiyatga ega bo‘lgan yana bir cheklovlardan biri bevosita ovoz berish kunidan oldin “jimlik kuni” belgilanishidir. Mamlakatda shu kunlarda saylovoldi tashviqoti qizg‘in pallaga kirdi. Ayniqsa, saylov kuni yaqinlashgani sari tashviqot tobora jadallashmoqda. Nomzodlar televideniye, radio orqali, bosma ommaviy axborot vositalari sahifalarida, internetda o‘z takliflarini ilgari surmoqda. “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq, saylov kuni va ovoz berish boshlanishiga bir kun qolganida saylovoldi tashviqotiga yo‘l qo‘yilmaydi. Joriy yilgi Prezident saylovi 4-dekabr kuni bo‘lib o‘tishini inobatga oladigan bo‘lsak, 3—4-dekabr kunlari saylovoldi tashviqoti taqiqlanadi.

    “Jimlik kuni” saylovchilarga qaysi nomzodga moyilligini mustaqil aniqlab olish imkonini beradi. Bunda u saylovoldi tashviqotidan xoli ravishda bosiqlik bilan u yoki bu nomzod uchun ovoz berish maqsadida ongli qaror qabul qiladi.

    3-dekabr kirib kelishi bilan saylovoldi tashviqoti davri tugaydi. Shu kundan e’tiboran ovoz berish yakunlanguniga qadar ommaviy axborot vositalarida saylovoldi tashviqoti taqiqlanadi, boshqa turdagi saylovoldi tashviqotini olib borishga yo‘l qo‘yilmaydi.

    Qonunchilikka binoan, “jimlik kuni”gacha nomzodlarga ovoz berishga chaqiradigan tashviqot materiallari olib tashlanishi kerak. Qonunda belgilangan tartibda joylashtirilgan bosma tashviqot materiallari — varaqalar, plakatlar va boshqalar jamoat gavjum bo‘ladigan joylarda saqlanmasligi lozim. Binolar, inshootlar, tashqi reklama vositalari va boshqa joylarga joylashtirilgan saylovoldi tashviqoti materiallari uchastka saylov komissiyalari a’zolari, siyosiy partiyalar, mahalliy davlat hokimiyati organlari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari vakillari tomonidan olib tashlanadi. Saylovoldi tashviqoti materiallarini olib tashlash ovoz berish boshlanishidan ikki kun avval soat 20:00 da boshlanadi va ovoz berish kuniga bir kun qolganida soat 06:00 da yakunlanadi. Shundan kelib chiqib, saylovga bir kun qolganda hech bir jamoat joyida tashviqot materiali bo‘lmasligi lozim.

    Shu o‘rinda nomzodlarning avtobiografik ma’lumotlari va ularning saylovoldi dasturlari to‘g‘risidagi Markaziy saylov komissiyasining axborot materiallari saylovoldi tashviqoti materiallari hisoblanmasligini qayd etish joiz. Saylov komissiyalari a’zolari partiya ramzlari tushirilgan kiyim kiyishi, ko‘krak nishoni taqishi va boshqa belgilardan foydalanishi taqiqlanadi.

    “Jimlik kuni”da ruxsat beriladigan yagona tashviqot tadbiri saylovchilarni ovoz berishga chorlashdir.

    O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 515-moddasida saylovoldi tashviqoti olib borish shartlari va tartibini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlik ko‘zda tutilgan. Jumladan, saylovoldi tashviqoti olib borish shartlari va tartibini nomzod, ishonchli vakil, siyosiy partiya vakili, mansabdor shaxs tomonidan buzish eng kam ish haqining yetti baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

    Qonunga muvofiq, huquqni muhofaza qiluvchi hamda boshqa davlat organlari noqonuniy saylovoldi tashviqoti faoliyatiga barham berish, yolg‘on va noqonuniy bosma, ko‘rgazmali, audiovizual hamda boshqa tashviqot materiallari tayyorlanishining oldini olish, ularni olib qo‘yish, ushbu materiallarni tayyorlaganlarni aniqlash, shuningdek, aniqlangan holatlar va ko‘rilgan choralar haqida tegishli saylov komissiyalarini zudlik bilan xabardor qilishi kerak.

    Qonunchilikda bunday cheklovlarning mustahkamlab qo‘yilishi saylovchilarga ovoz berish kuni arafasida noqonuniy ta’sir ko‘rsatish shaklidagi turli suiiste’molliklarning oldini oladi. Ular umume’tirof etilgan xalqaro standartlarga, shu jumladan, Venetsiya komissiyasining saylov masalalariga oid kodeksi, BMT Inson huquqlari bo‘yicha qo‘mitasi hujjatlari, Insoniylik mezoni bo‘yicha Kopengagen kengashining yakuniy hujjatiga to‘liq javob beradi va fuqarolarning o‘z xohish-irodasini erkin bildirishi prinsipini ro‘yobga chiqarishga xizmat qiladi.

    Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

    01.12.2016, 11:31   Izoh (0)   42310
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyevning ishonchli vakili Yangiqo‘rg‘on tumani saylovchilari bilan uchrashdi

    01.12.2016, 09:33

    500 dan ortiq ishtirokchi qatnashgan ko‘rik-tanlovda yilning eng faol yosh jurnalistlari aniqlandi

    01.12.2016, 09:22

    OITS bilan xastalangan o‘zbekistonlik ota-onadan tug‘ilgan sog‘lom bola, Dushanbega parvoz qiladigan “O‘zbekiston havo yo‘llari”, Asadni ag‘darish niyatidagi Erdo‘...

    30.11.2016, 20:13

    O‘zbekistonda OITSga chalingan ikki bemor turmush qurdi va sog‘lom farzand ko‘rdi

    30.11.2016, 15:39

    Sarvar Otamuratovning ishonchli vakili Narpay tumani saylovchilari bilan uchrashdi

    30.11.2016, 15:22

    “Aql bovar qilmaydi!”. Oqsaroy oldidagi yarim kilometrlik yo‘ldan bemalol o‘tgan haydovchilar o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi

    30.11.2016, 12:43
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim

     

    Tavsiya etamiz

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga tegishli mashinalar soni 4,6 mln dan oshdi

    O‘zbekiston | 9 avgust, 12:20

    Norvegiyada besh kun oziq-ovqatsiz muzlikda qolib ketgan amerikalik eko-jurnalist qutqarildi

    Dunyo | 9 avgust, 11:55

    O‘zbekistonlik UFC jangchisi Bogdan Guskov ehtimoliy raqibi kim bo‘lishini aytdi

    Sport | 9 avgust, 11:25

    Grenada Buyuk Britaniya qiroliga sodiqlik qasamyodidan voz kechdi

    Dunyo | 9 avgust, 11:20

    “Qizil iplar”: ijtimoiy tarmoqlarni “portlatgan” yana bir koreys doramasi haqida

    Kino | 9 avgust, 11:00

    Keniyada avtohalokatda 25 kishi halok bo‘ldi

    Dunyo | 9 avgust, 10:40

    O‘zbekistonda va Rossiyada xalqaro terrorchilik tashkilotining “g‘oyabozlari” qo‘lga olindi

    O‘zbekiston | 9 avgust, 10:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.