• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Markaziy saylov komissiyasi “Ishonch telefoni”ga 400 ga yaqin murojaat bo‘lgani qayd etildi

    Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlangan Saylovchilarning huquqiy madaniyatini yanada yuksaltirish bo‘yicha tadbirlar dasturida fuqarolarning murojaatlariga alohida ahamiyat berilgan. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar bermoqda. 

    Foto: UZ24

    Foto: UZ24

    Saylovga tayyorgarlik ko‘rish, uni o‘tkazish chog‘ida qonunbuzilishlarining oldini olish, jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, ular yuzasidan qonunda belgilangan choralarni qo‘llash hamda okrug, uchastka saylov komissiyalari bilan doimiy aloqa o‘rnatishni ta’minlash maqsadida shu yilning 1-noyabridan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasida kechayu kunduz ishlab turadigan “Ishonch telefoni” (0 371 239-35-62), shuningdek, faks (0 371 239-42-43) va elektron pochta (ub_saylov@umail.uz) ishga tushirildi.

    — “Ishonch telefoni” orqali ko‘plab murojaatlar kelib tushmoqda, — deydi Markaziy saylov komissiyasi kotibiyati mas’ul xodimi Farhod Nasriddinov. — Ularning asosiy qismi muddatidan oldin ovoz berishni o‘tkazish tartibi, vaqtinchalik yashash joyida ovoz berish, xorijda ovoz berish, Prezidentlikka nomzodlar bilan uchrashuvlarda ishtirok etish va saylov bilan bog‘liq jarayonlarga oid savollardir. 

    Hozirgi vaqtgacha 400 ga yaqin telefon qo‘ng‘iroqlarini qabul qildik. “Ishonch telefoni”ga qo‘ng‘iroq qilgan fuqarolarga malakali mutaxassislar tomonidan o‘zbek, rus hamda qoraqalpoq tillarida maslahat olish imkoniyati yaratildi. Qolaversa, okrug va uchastka saylov komissiyalari faoliyati, saylovga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazishni moliyalashtirish, xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar kuzatuvchilari faoliyati, shuningdek, siyosiy partiyalar, ommaviy axborot vositalarida saylov kampaniyasini yoritish, saylov qonunchiligi buzilishiga oid masalalarda tushuntirishlar berildi.

    Bundan tashqari, Markaziy saylov komissiyasida fuqarolarni qabul qilish kunlari yo‘lga qo‘yilgan. Fuqarolarni qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi, uning o‘rinbosari hamda kotibiyat boshlig‘i tomonidan amalga oshiriladi. Bu saylov jarayonida yuzaga keladigan turli masalalarni tez va amaliy hal qilishga imkon beradi.

    Shu bilan birga, Markaziy saylov komissiyasi rasmiy veb-saytining “Interaktiv xizmatlar” bo‘limida fuqarolarni ko‘proq qiziqtirayotgan savollar hamda ularning javoblari e’lon qilingan. Saylovchilar, shu jumladan, yoshlar va birinchi marotaba ovoz beruvchi yigit-qizlar uchun ularning saylov huquqlariga oid maxsus bo‘lim ochilgan. Saytga kiruvchilar soni ko‘pligi undagi ma’lumotlarning ommabopligi hamda foydalanuvchilar uchun qiziqarliligidan dalolatdir.

    O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) idorasida ham saylovchilar uchun “Ishonch telefoni” joriy yilning 14-oktabridan faol ishlamoqda. Hozirgi kunda fuqarolar “Ishonch telefoni” orqali saylov qonunchiligi, qolaversa, muhim ijtimoiy-siyosiy jarayon bo‘yicha malakali yuridik maslahatlar olishmoqda. 

    — Ayni paytgacha respublikamizning turli hududlaridan “Ishonch telefoni”ga 500 dan ziyod qo‘ng‘iroqlar bo‘ldi, — deydi Ombudsman kotibiyati xodimi Gabit Aydarov. — Fuqarolar, asosan, saylovchilar ro‘yxatini tuzish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar bilan uchrashuvlarda qatnashish, ovoz berish, shu jumladan, muddatidan oldin ovoz berish, saylov byulletenini to‘ldirish tartiblari haqida qiziqish bildirmoqda. Albatta, ular o‘z murojaatlariga to‘la-to‘kis javob olishyapti. 1096 raqamiga dushanbadan jumagacha soat 10:00 dan 18:00 gacha qo‘ng‘iroq qilish mumkin. Qo‘ng‘iroqlar respublika bo‘yicha bepul. 3—4-dekabr — saylov arafasi va saylov kunida “Ishonch telefoni” kechayu kunduz ishlaydi. 

    Umuman, saylovchilar fikr-mulohazalariga ko‘ra, Markaziy saylov komissiyasi hamda Ombudsman “Ishonch telefon”lari ishi saylovchilarning huquqiy madaniyatini yanada yuksaltirish va ularning faolligini oshirish, ayni paytda fuqarolarning emin-erkin xohish bildirishlarini ta’minlash hamda saylov jarayoni monitoringini yuritishga imkon beradi.

    Shu kunlarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini kuzatayotgan YXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi missiyasi joriy yilning 2-noyabridan 20-noyabrigacha bo‘lgan davrda ushbu muhim siyosiy tadbirga tayyorgarlik ko‘rish jarayonini kuzatish yakunlari bo‘yicha oraliq hisobotini chop etdi. Unda, xususan, Markaziy saylov komissiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakilining fuqarolar saylov huquqlarini ishonchli himoya qilish, saylovchilar shikoyatlarini doimiy rejimda qabul qiladigan va ko‘rib chiqadigan to‘g‘ridan-to‘g‘ri “Ishonch telefoni” ishga tushirilgani ijobiy baholandi.

    Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

    01.12.2016, 14:41   Izoh (0)   25903
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Ishonchli vakillar saylovchilar davrasida

    01.12.2016, 13:58

    Sodiq Safoyev: demokratlashtirishsiz iqtisodiy yuksalish bo‘lmaydi

    01.12.2016, 13:43

    O‘zbekistonda saylov jarayoniga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish ishlari olib borilmoqda

    01.12.2016, 13:17

    Ostona shahrida O‘zbekiston-Qozog‘iston savdo uyi ochildi

    01.12.2016, 11:46

    O‘zbekiston Prezidenti saylovida “Jimlik kuni” qachondan boshlanadi?

    01.12.2016, 11:31

    Shavkat Mirziyoyevning ishonchli vakili Yangiqo‘rg‘on tumani saylovchilari bilan uchrashdi

    01.12.2016, 09:33
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi

     

    Tavsiya etamiz

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yaponiya bosh vaziri va BMT bosh kotibi Nagasaki bo‘yicha nutqda AQSHni tilga olmadi

    Dunyo | 9 avgust, 13:15

    Meta 24 yoshli sun’iy intellekt mutaxassisiga 250 mln dollarlik maosh taklif qildi

    Layfstayl | 9 avgust, 12:45

    Hamzat Chimayev: “Agar men Olimpiya chempioniga qarshi chiqadigan bo‘lsam, u meni yanchib tashlaydi”

    Sport | 9 avgust, 12:35

    O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga tegishli mashinalar soni 4,6 mln dan oshdi

    O‘zbekiston | 9 avgust, 12:20

    Norvegiyada besh kun oziq-ovqatsiz muzlikda qolib ketgan amerikalik eko-jurnalist qutqarildi

    Dunyo | 9 avgust, 11:55

    O‘zbekistonlik UFC jangchisi Bogdan Guskov ehtimoliy raqibi kim bo‘lishini aytdi

    Sport | 9 avgust, 11:25

    Grenada Buyuk Britaniya qiroliga sodiqlik qasamyodidan voz kechdi

    Dunyo | 9 avgust, 11:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.