Seysmologlar Kamchatkada 5,1 magnitudali yer silkinishini qayd etdi. Bu haqda 1-dekabr, payshanba kuni Rossiya Fanlar akademiyasi Geofizika xizmati Kamchatka filiali ma’lum qildi, deb yozadi “Interfaks”.
“Seysmik hodisa 1-dekabr, payshanba kuni mahalliy vaqt bo‘yicha kechki payt yuz berdi. Uning epimarkazi 109 kilometr chuqurlikda joylashib, energetik darajasi 11,7 ni tashkil etdi”, — deyiladi xabarda.
FVVning Kamchatka o‘lkasi bo‘yicha boshqarmasi, o‘z navbatida, zilzila epimarkazi Yelizovskiy tumani hududida joylashganligini ma’lum qilgan. Eng yaqin aholi punkti — Termalniy qishlog‘i epimarkazdan 78 kilometr masofada joylashgan. Mazkur hudud aholisi zilzilani sezmagan.
Izoh (0)