Polshaning Polkovitse shahrida yer silkinishi yuz bergan paytda Rudna konida bir kishi halok bo‘ldi. Bu haqda TVN24 telekanali ma’lum qildi, deb yozadi “RBK”.
4,5 magnitudali zilzila mahalliy vaqt bo‘yicha 21:00 da sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida kondagi o‘n nafar konchi bekilib qoldi. Qutqaruvchilar bir kishining qurbon bo‘lganligini aniqladi, yana ikki kishi kondan olib chiqildi.
Telekanalning ma’lum qilishicha, hozirgi paytda qolgan yetti nafar konchini qidirish ishlari davom ettirilmoqda.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)