Kolumbiyada 29-noyabrga o‘tar kechasi halokatga uchragan samolyotning bort o‘ziyozarlari topildi. Kolumbiya fuqaro aviatsiyasi Twitter’dagi sahifasi orqali ikkita “qora quti” qoniqarli holatda ekanini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “RBK”.
Boliviyaning Lamia aviakompaniyasiga tegishli havo kemasi Boliviyaning Santa-Krus-de-la-Syerra shahridan Kolumbiyaning Medelin shahriga yo‘l olayotgan edi. Samolyot Rionegro shahri yaqinida halokatga uchradi.
Layner bortida 72 yo‘lovchi hamda 9 nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan. Samolyot ichida futbol bo‘yicha Braziliya A seriyasida harakat qilayotgan “Shapekoense” klubining 27 futbolchisi bo‘lgani ham xabar qilingandi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, “Shapekoense” klubining ikki futbolchisi – zaxira darvozaboni Jekson Follmann va himoyachi Alan Rushel tirik qolgan. Qutqaruvchilar tomonidan tirik topilgan jamoaning asosiy posboni Danilo keyinroq shifoxonada jon berdi.
Qayd etish joiz, Braziliyada Kolumbiyadagi aviahalokat qurbonlari xotirasiga motam e’lon qilindi.Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)