Rossiya futbol ittifoqi (RFI) Kolumbiyada 29-noyabrga o‘tar kechasi aviahalokat oqibatida halok bo‘lgan yo‘lovchilarning oilalariga hamdardlik bildirdi. Bu haqda RFI matbuot xizmati ma’lum qilmoqda.
“Rossiya futbol ittifoqi aviahalokatda vafot etganlarning yaqinlariga samimiy va chuqur hamdardlik bildiradi. Abadiy xotira”, – deyiladi xabarda.
Avvalroq Kolumbiyada bortida 72 yo‘lovchi hamda 9 nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan samolyot halokatga uchragani, uning ichida futbol bo‘yicha Braziliya A seriyasida harakat qilayotgan “Shapekoense” klubining 27 futbolchisi bo‘lgani xabar qilingandi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Kolumbiyadagi aviahalokat oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 75 kishiga yetdi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)