O‘zbekistonda 27-noyabr kuni kunduzi va 28-noyabrga o‘tar kechasi yog‘ingarchilik kuzatilmadi. “O‘zgidromet” markazining ma’lumotlariga ko‘ra (.pdf), Navoiy viloyatining Tomdibuloq, Jizzax viloyatining G‘allaorol, Andijon viloyatining Andijon va Ulug‘nor hududlariga tuman tushgan.
Markaz axborotiga ko‘ra, 27-noyabr kuni O‘zbekiston yirik shaharlarida eng yuqori harorat Urganchda (+5 daraja iliq), mamlakat bo‘yicha esa Sherobodda (+8 daraja iliq) qayd etilgan.28-noyabrga o‘tar kechasi yirik shaharlar orasida eng past havo harorati Toshkent va Gulistonda (-11 daraja sovuq), mamlakat bo‘yicha esa Jizzax viloyatining G‘allaorol tumanida (-21 daraja sovuq) kuzatildi.
“O‘zgidromet” markazi 28-noyabrga o‘tar kechasi Chimyon yon-bag‘irlari va Qamchiq dovonida havo harorati qanchalik pastlagani haqida axborot bermagan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)