AQSh davlat kotibi Jon Kerri hozirgi ma’muriyatning ketishidan avval Rossiya Federatsiyasi bilan Suriya bo‘yicha, jumladan, Aleppo masalasida kelishuvga erishish uchun diplomatik harakatlarni kuchaytirmoqda. Bu haqda The Washington Post gazetasi ma’lum qildi, deb yozadi “Interfaks”.
Nashrning baho berishicha, Kerri Alepponi qamal qilishni to‘xtatish bo‘yicha Rossiya bilan bitimga erishish uchun aqlga sig‘maydigan darajada harakat qilmoqda.
Nashrning fikricha, davlat kotibini nafaqat Suriyaning mazkur shahridagi gumanitar inqiroz ko‘lamlari, balki AQSh prezidentligiga saylangan Donald Tramp lavozimini egallagandan so‘ng Moskva bilan boshqacha kelishuvga kelishi mumkinligi va bu AQShni diktator Bashar Asad tomoniga o‘tishiga olib kelishi mumkinligidan tashvishlanmoqda.
Kerrining Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov bilan haftasiga ikki marta telefon orqali muzokaralarni olib borayotganligi uning muhokamani davom ettirayotganligidan guvohlik beradi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)