IShID terrorchi guruhi jangarilari Suriya muxolifati otryadlariga qarshi kimyoviy qurol qo‘lladi. Bu haqda Turkiya bosh shtabi bayonot berdi, deb xabar qiladi “RBK”.
Idoraning bayonotiga ko‘ra, Suriya shimolidagi al-Xolidiya tumani raketalar bilan o‘qqa tutildi. Harbiylarning fikricha, snaryadlar tarkibida zaharli gazlar bo‘lishi mumkin. Bu 22 nafar askar tekshiruvdan o‘tkazilganidan so‘ng ma’lum bo‘ldi.
Bosh shtab ma’lumotiga ko‘ra, to‘qnashuvda muxolifat qo‘shinlarining 14 jangchisi jarohatlandi. O‘z navbatida, Turkiya harbiy-havo kuchlari Anifa tumanidagi aviareyd chog‘ida to‘rt nafar terrorchini yo‘q qildi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)