Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

1 milliondan ortiq kishi Seul ko‘chalariga chiqib, Janubiy Koreya prezidenti Pak Kin Xening iste’fosini talab qildi, deb yozadi “RBK” “Ryonxap” agentligiga tayanib. Agentlik qayd etishicha, bu avval bo‘lib o‘tgan norozilik aksiyalari orasida eng ko‘p kishilisi bo‘lgan.

Foto: AP

Foto: AP

Aksiya tashkilotchilari ta’kidlashicha, noqulay ob-havoga qaramay, poytaxt markaziga 1,5 million kishi yig‘ilgan, butun mamlakat bo‘ylab esa namoyishchilar soni 1,9 millionni tashkil qilgan.

Ammo politsiya hisob-kitoblariga ko‘ra, Seuldagi norozilik aksiyasi ishtirokchilari 270 ming kishiga yetgan.

Prezident atrofidagi mojaro uning yaqin dugonasi Chxve Sun Sil ma’muriyatda hech qanday lavozimni egallamasdan turib, prezident nutqlarini tahrirlab bergani ma’lum bo‘lgach, yuzaga keldi. Chxve Sun Silni, shuningdek, o‘z ehtiyojlari uchun yaratilgan notijorat tashkilotiga xayriyalarni o‘tkazganlikda ayblashmoqda.

Pak Kin Xe kelib chiqqan mojarodan so‘ng omma oldida uzr so‘radi va o‘z prezidentligining dastlabki bosqichlarida nutq so‘zlash borasida ba’zan dugonasidan maslahat olganini e’tirof etdi. Ammo prezident iste’foga chiqishdan bosh tortdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Guruhlarda hazil yoki kinoya qilib aytgan gaplarimni ham chiqarib yuboradigan jurnalistlar bor” — Shohrux G‘iyosov
Mahalliy
“Ko‘pchilik meni yolg‘on ma’lumot tarqatganlikda ayblaydi” — Shohrux G‘iyosov jurnalist va blogerlarning o‘ziga munosabati haqida gapirdi
Mahalliy
Qo‘shimcha talab etiladigan 37,5 ming tonna piyoz 1-aprelga qadar ichki bozorlarga kiritiladi