Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Rossiyalik grossmeyster, klassik shaxmat bo‘yicha Rossiya sobiq chempioni 20 yoshli Yuriy Yeliseyev Moskva shahrida fojiali tarzda halok bo‘ldi. Bu haqda marhumning yaqin do‘sti, grossmeyster Daniil Dubov “VKontakte” ijtimoiy tarmog‘i orqali ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “TASS”.

Foto: “TASS”

Foto: “TASS”

“Tunda yaqin do‘stim, ajoyib shaxmatchi va tahlilchi, men tanigan eng iqtidorli insonlardan biri Yuriy Yeliseyev fojiali tarzda halok bo‘ldi. U deraza orqali 12-qavatning balkoniga o‘tmoqchi edi, ammo pastga quladi”, – deya yozdi Dubov.

Yuriy Yeliseyev 2012-yili kadetlar o‘rtasida jahon chempioni bo‘lgan. 2013-yili u grossmeyster unvoniga sazovor bo‘ldi. 16 yoshida Yuriy klassik shaxmat bo‘yicha Rossiya chempioniga aylangan edi. Yeliseyev Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) reytingida 212-o‘rinni egallab turgandi.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Yevropaning qator davlatlari Istanbuldagi konsulligini yopdi. Turkiya to‘qqizta davlat elchisini TIVga chaqirtirdi
Mahalliy
Deputat Jahongir Ziyayev “xalqning ustidan kulayotgani” haqidagi xabar yolg‘on ekanini aytdi 
Mahalliy
O‘zbekistonda Urug‘chilik hamda pistachilik ilmiy markazlari tashkil etiladi