Yaponiya o‘z-o‘zini mudofaa qilish havo kuchlari 26-noyabr, shanba kuni Xitoy samolyotlarining janubiy Okinava prefekturasiga yaqinlashganligi munosabati bilan qiruvchi samolyotlarini havoga ko‘tardi. Bu haqda mudofaa kuchlari shtablari rahbarlarining qo‘mitasi ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
“Qiruvchi samolyotlar XXRning oltita samolyoti yaqinlashganligi munosabati bilan ko‘tarilgan trevoga bo‘yicha havoga ko‘tarilgan, ular orasida Su-30 qiruvchi samolyotlari va H-6 strategik bombardimonchi samolyotlari bor edi”, — deyiladi xabarda.
Boshqarmaning ma’lum qilishicha, Yaponiya havo hududiga buzib kirish qayd etilmagan.
Avvalroq Yaponiya Mudofaa vazirligining ma’lum qilishicha, joriy yilning aprelidan sentabriga qadar yapon qiruvchi samolyotlari Xitoy samolyotlarini to‘xtatib qolish uchun 407 marta havoga ko‘tarilgan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)