Soliq to‘lashdan bo‘yin tovlagani uchun qamoq jazosini o‘tagan Germaniyaning “Bavariya” futbol klubi sobiq prezidenti Uli Xyoness yana o‘z lavozimini egalladi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
25-noyabr, juma kuni “Bavariya” prezidenti lavozimini 2014-yildan buyon egallab kelgan Karl Xopfner iste’foga chiqqani haqida ma’lum qilgandi. Xyoness mazkur lavozimga yagona da’vogar edi. Uning nomzodini 98,5 foiz respondentlar qo‘llab-quvvatladi.
Eslatib o‘tamiz, 2014-yil martida Myunxen sudi Xyonessni davlatdan 27 million yevro yashirishda ayblab, 3 yil va 6 oylik qamoq jazosiga hukm qilgandi. U joriy yil fevralida muddatidan avval ozod etildi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)