Qamoq jazosini o‘tagan Uli Xeness “Bavariya” prezidentligiga yagona nomzod sifatida ro‘yxatga olindi
Soliq to‘lashdan bo‘yin tovlagani uchun qamoq jazosini o‘tagan Germaniyaning “Bavariya” futbol klubi prezidenti Uli Xeness yana lavozimini egallaydi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Klub direktorlar kengashi 64 yoshli Xenessni 25-noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarida yagona nomzod sifatida ro‘yxatga oldi.
Eslatib o‘tamiz, 2014-yil martida Myunxen sudi Xenessni davlatdan 27 million yevro yashirishda ayblab, 3 yil va 6 oylik qamoq jazosiga hukm qilgandi. U joriy yil fevralida muddatidan avval ozod etildi.
Izoh
Kirish
Asosiy yangiliklar