Angliyaning “Lester” jamoasi Yevropa Chempionlar Ligasi pley-off bosqichiga chiqqani uchun klub futbolchilarining har biriga bonus sifatida 100 ming funt beriladi. Bu haqda “Chempionat” xabar bermoqda.
YChL guruh bosqichi 5-turida “Lester” Belgiyaning “Bryugge” klubini 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, “G” guruhida 13 ochko to‘plagan holda 1-o‘rin bilan nimchorak finalga chiqdi.
“Lester” YChL pley-off bosqichiga yo‘l olgani uchun UEFAdan 4,6 million funt oladi. Bundan tashqari guruhdagi har bir g‘alaba uchun “tulkilar”ga 1,3 milliondan, durang uchun 420 ming funtdan to‘lanadi.
“Lester” futbolchilariga mukofot pulining to‘rtdan biri – qariyb 2,5 million funti ajratiladi. Mukofot puli YChL qaydnomasiga kiritilgan 24 futbolchi o‘rtasida bo‘linadi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)