Toshkent moliya institutining sport majmuasida Gross Insurance sug‘urta kompaniyasi tomonidan mini-futbol bo‘yicha birinchi xayriya turniri tashkil etildi. Bu haqda kompaniya vakillari “Daryo”ga ma’lum qildi.
Xayriya turniri 2 kun davom etdi, unda 16 jamoa ishtirok etdi. Musobaqaning g‘olibi “Alskom” sug‘urta kompaniyasi bo‘ldi.
Turnir qatnashchilari va futbol ishqibozlari uchun O‘zbekistonda yilning to‘qqiz karra eng yaxshi hakami, Osiyoda yilning besh karra eng yaxshi hakami, Globe Soccer Awards talqini bo‘yicha 2015-yilning eng yaxshi hakami deb topilgan FIFA referisi Ravshan Ermatovning chiqishi haqiqiy sovg‘a bo‘ldi.
Xayriya turnirida jamg‘arilgan barcha mablag‘ faqatgina O‘zbekiston Respublikasi viloyatlarida joylashgan “Mehribonlik” va “Saxovat” uylarining ehtiyojlariga yo‘naltirilishi maqsad qilib qo‘yilgan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)